Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATLARNING SHAXS VA JAMIYAT UCHUN SALBIY TA’SIRI


OILA-TURMUSH DOIRASIDAGI JINOYATLARNING SHAXS VA JAMIYAT UCHUN SALBIY TA’SIRI

Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar shaxsning kundalik turmush
jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni (er-xotin, aka-uka, opa-singil,
qaynona-kelin, qarindosh-urug‘ va qo‘ni-qo‘shnilar) o‘z vaqtida hal etilmasligi natijasida vujudga keladi. Afsuski, oila-turmush doirasidagi munosabatlar ba’zida nizoli holatlarning kelib chiqishi bilan yakun topadi. Oiladagi munosabatlarni yaxshilash, oilada sog‘lom muhitni qaror toptirish hamda oilaviy munosabatlarning ahamiyatini oshirish-huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oila-turmush sohasidagi muammolarni o‘rganish:
birinchidan, oilaviy munosabatlar orqali eng yirik kriminologik
muammolarni aniqlash va ularni o‘rganishni;
ikkinchidan, oilaning shaxsda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni
shakllanishiga ta’sirini;
uchinchidan, oilaning voyaga yetmaganlar tarbiyasiga va ularning
huquqbuzarlik sodir etishiga ta’sirini;
to‘rtinchidan, oilaning shaxsda salbiy hulq-atvorning paydo bo‘lishi va
rivojlanishiga ta’sirini;
beshinchidan, oila muhitining jinoyatchi shaxsning shakllanishiga
ta’sirini;
oltinchidan, oila shaxsni tarbiyalovchi institut ekanligini;
yettinchidan, oilaga ta’sir ko‘rsatish orqali jinoyatchilikning barvaqt
aniqlash va uning oldini olish imkonini beradi.
Mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor majlisidagi nutqi.
2020 yil 12 fevraь. Maishiy jinoyatlarning asosiy kriminologik xususiyatlari doimo bir
xil bo‘ladi, ya’ni jinoyatning joyi, motivi, maqsadi, asosan oilaviy ichki
nizoga egaligi, jinoyatni sodir etuvchi sub’yektning va jabrlanuvchi shaxsning hayotda bir-biriga yaqin inson bo‘lishi va hokazo.
Ta’kidlash kerakki, bu sohadagi jinoyatchilikka hissa qo‘shadigan
sabablar va unga imkon beruvchi kriminogen omillar asosan, ichkilikbozlik
bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki, spirtli ichimlik ta’sirida ko‘plab og‘ir turdagi jinoyatlarning sodir etilishi kuzatilib, uning ta’sirida shaxsning o‘zinio‘zi nazorat qilishning yo‘qolishi, zaiflashish, shafqatsizlik, qo‘pollik, xulqatvorda tajovuzkorlikning namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun
alkogolizm, ichkilikbozlik va ular oqibatida shaxsning ruhiyatidagi
o‘zgarishlar ko‘p hollarda oila turmush sohasidagi jinoyatlarning sodir
etilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi. Bundan tashqari,
jinoyatni keltirib chiqaruvchi omillarga giyohvandlik, nosog‘lom turmush tarzi, kechirish, ishsizlik, salbiy xulq-atvor, uy-joy sharoitining yo‘qligi, oilaviy ajrimlar, oiladagi nizolar, janjallar, mol-mulk talashish, rashk, qo‘niqo‘shnilar bilan kelishmovchilik ham sabab bo‘ladi. Oila-turmushdagi jinoyatlarning o‘ziga xos yo‘nalishi turlicha bo‘lishi
mumkin: shaxsga tazyiq o‘tkazish yoki zo‘ravonlik qilish;
zo‘ravonlik qilmaslik;
oilada oila a’zolarining bir-biriga nisbatan befarqlik bilan
munosabatda bo‘lishi;
hurmatsizlik bilan qarash;
indivudial yoki jamoat tartibiga qarshi qaratilgan hatti-harakatlarni
sodir etish va hokazo.
Oilaviy nizolar ko‘rib chiqilayotgan jinoyatning asosiy manbai
hisoblanadi. Kundalik hayotda, oilada oila a’zolari, qarindoshlar va
qo‘shnilar o‘rtasida kelib chiqadigan muloqot jarayonida oilada turli
nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ko‘plab holatlar mavjud2. Misol
uchun, qisqa va uzoq davom etgan nizoli holatlarning ziddiyat bilan yakun
topishi. Ko‘pincha bunday nizolarning tashabbuskori huquqbuzar shaxsning o‘zi
hisoblanadi. O‘zaro kelishmovchilik, janjal yillar davomida davom etishi va
oxir-oqibat jinoyatga olib kelishi mumkin.
Oilaviy jinoyatlarda er-xotin o‘rtasidagi nizoli holatlar ko‘pincha
og‘ir ayanchli holatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, oilaviy ajrimga qaror
qilgan yoki ajrashgan er-xotinlar o‘rtasida mol-mulk yoki farzand talashish
bilan birga bunday holatlarning oqilona hal etilmasligi jinoyatlarning
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Maishiy nizo - kundalik turmushda oila a’zolari er-xotin, qaynonakelin, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘ va qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi kelishmovchilik va urishish oqibatida
vujudga keladigan nizoli vaziyatdir.
Maishiy jinoyatlar deganda - oila ichida va kundalik oila turmush
jarayonida oila a’zolari, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlar oqibatida vujudga kelgan nizoli holatlarni jinoiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan harakat tushuniladi.
Maishiy zo‘ravonlik kriminologik muammo sifatida iqtisodiy,
huquqiy, siyosiy, mafkuraviy, metodologik, psixologik, pedagogik, tibbiy va boshqa xarakterdagi ziddiyatli vaziyatlarning cheksiz xilma-xilligini o‘z ichiga oladi.
Bu holatlar oilada zo‘ravonlikni zararsizlantirish haqidagi
bilimlarni tahlil qilish va tizimlashtirish g‘oyasini shakllantiradi va uning yakuni sifatida ichki zo‘ravonlikning kriminologik nazariyasini ishlab chiqadi. Hozirgi kunda maishiy sohadagi jinoyatchilikni ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb bo‘lib, turli soha mutaxassislari tomonidan unga katta e’tibor berilmoqda. Lekin aytish kerakki, oiladagi zo‘ravonlikning tabiati haqidagi ko‘pchilikda yetarli darajada bilim mavjud emas. Shu bois, bugungi
kunda ijtimoiy-psixologik, tibbiy-psixiatriya, kriminologik yo‘nalishlarda keng qamrovli va murakkab chora-tadbirlarni, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish zarur. Tadqiqotlar nafaqat amaliy masalalarga, balki nazariy
masalalarga ham bag‘ishlanishi kerak.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov