Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

FUQAROLARNING MEHNAT QILISH HUQUQLARINI TA’MINLASHGA OID XALQARO STANDARTLARNING AHAMIYATI


FUQAROLARNING MEHNAT QILISH HUQUQLARINI TA’MINLASHGA OID XALQARO STANDARTLARNING AHAMIYATI

O‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlatning barpo
etilishi uning xalqaro huquqiy munosabatlarning teng huquqli sub’yekti
sifatidagi rolini oshiradi. Buning natijasida, ayniqsa inson huquqlari
sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Davlatimiz rahbari
ta’kidlaganlaridek, inson huquqlarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod
erkinligi bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimizni tegishli xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boramiz. O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va unga
rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro
standartlarni milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga
implementatsiya qilishning o‘zbek modeli shakllandi. Hozirgi paytda
O‘zbekiston inson huquqlari sohasida 70 dan ortiq xalqaro hujjatga, shu
jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan va ularning bajarilishi yuzasidan milliy ma’ruzalar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hamda shartnomaviy qo‘mitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligi va huquqni qo‘llash
amaliyotida xalqaro standartlarning shu jumladan, xalqaro mehnat
standartlari o‘rni yuqori darajani tashkil etadi. Shu sababli, mazkur mavzuni tadqiq etishda mehnat shartnomasi munosabatlariga oid xalqaro
standartlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mehnat qonunchiligini isloh qilishda xalqaro standartlarni milliy
qonunchilikda aks ettirish yoki ularning ilg‘or normalaridan foydalanish,
barcha davlatlar tomonidan tan olingan ijobiy tajribalarni qabul qilishga muhim e’tibor qaratilgan.
Mehnat munosabatlarini xalqaro-huquqiy tartibga solishning
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ta’sirini baholashda O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksining 10-moddasi qoidalari muhim o‘rin
egallaydi. Mazkur moddaga asosan, “Agar O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston
tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyasida xodimlar uchun mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar yoki boshqa normativ hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning qoidalari qo‘llaniladi”.

BMTning “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga
barham berish to‘g‘risida”gi konvensiyaning (1979 y.) 1-moddasiga ko‘ra, kasb
yoki ish turini erkin tanlash, lavozim bo‘yicha ko‘tarilish va ish bilan band
etish kafolatiga ega bo‘lish, shuningdek, shogirdlik, yuqori darajadagi kasb
bo‘yicha tayyorgarlik va muntazam suratda malaka oshirishni o‘z ichiga olgan
holda mehnat qilishning barcha imtiyozlari va shart-sharoitlaridan to‘liq
foydalanish, kasb bo‘yicha tayyorgarlik va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi,
imtiyozlar olishni ham hisobga olgan holda teng mukofotlanish, bir xil
qimmatga ega bo‘lgan mehnatga nisbatan teng sharoitlarga, shuningdek, ish
sifatini baholashga teng yondashish huquqi uchun barcha choralarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya
qilingan XMT konvensiyalarida fuqarolarning mehnat qilish huquqlarining kafolatlari, jumladan, xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi shartlarini ta’minlashga qaratilgan qoidalar o‘z aksini topgan.

Umumiy xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, xalqaro
tashkilotlarning mehnat standartlarida va xorijiy mamlakatlar mehnat
qonunchiligida mehnat shartlarini belgilash, o‘zgartirish va bekor qilishga
oid munosabatlarda umumiy, yakdil qoida mavjudligini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni, mehnat shartnomasini o‘zgartirish taraflarning o‘zaro roziligi asosida va teng huquqlilik asosida amalga oshirilishi umumiylik kasb etadi.

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov