Янгиликлар
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTINQIZLARNI HIMOYA QILISH VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTINQIZLARNI HIMOYA QILISH VA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mamlakatimizda gender siyosati masalalari borasida ijtimoiy-siyosiy
hayotda va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga
qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettirilmayotganligi hech kimga sir emas.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash masalasiga
katta e’tibor qaratila boshlandi. Haqiqatdan ham, Oliy Majlisga bo‘lib
o‘tgan oxirgi saylovlar natijasida birinchi marotaba O‘zbekiston
parlamentida ayollar soni bo‘yicha BMT tavsiyalari (kamda 30 foiz) to‘liq
bajarildi. Qonunchilik palatasiga 32 foiz, ya’ni 48 nafar ayol deputatlar
saylangani, senat a’zolarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil
etishi natijasida dunyodagi 190 paralament ichida O‘zbekiston parlamentining 37-o‘ringa ko‘tarilishini ta’minladi.
2019 yil sentyabr oyida 2 ta muhim qonun – “Xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotinqizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul
qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar kunidagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida alohida band ajratilganligini o‘ziyoq mamlakatimizda xotin-qizlarimizga nechog‘lik darajada e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasining
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“gi
qonunida zo‘ravonlik mazmuni va uning to‘rt asosiy turi belgilangan:
Jismoniy zo‘ravonlik – og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan
jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga
choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish. Uning turlari: a) shapaloq tortish,
tepish, turtkilash, musht bilan urish; b) zarb bilan itarib yuborish; v) turli
o‘tkir buyum va narsalarni otish; g) qurol bilan xavf solish yoki yaralash;
d) uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik; ye) kechasi uxlashga qo‘ymaslik...
Ruhiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish,
tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, reproduktiv
sohada nazorat qilish, o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya
qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat
(harakatsizlik). Uning turlari: a) hissiyot va his-tuyg‘ularni tan olmaslik;
b) uning fikrlari ustidan kulish; v) jazo chorasi sifatida jabrlanuvchining hissiyotlariga e’tibor bermaslik; g) yolg‘on so‘zlar aytib, undan o‘z manfaati
yo‘lida foydalanish; d) uning do‘stlari va qarindoshlariga xavf yetkazaman deb qo‘rqitish va ular bilan aloqa qilishga yo‘l qo‘ymaslik; ye) jabrlanuvchi bilan ommaviy joylarga chiqishdan bosh tortish; j) qarindosh-urug‘lar orasida sharmanda qilish; z) uydan ketishini aytib qo‘rqitish; i) kasal yoki homilador bo‘lganda unga yordam berishdan bosh tortish, tibbiy yordam olishiga qarshilik
ko‘rsatish; k) doimiy ravishda tanqid qilish, xafa qilish, g‘azabga keltirish,
ya’ni (sen juda semizsan yoki ozg‘insan, axmoqsan, eng bo‘lmag‘ur onasan, to‘shakda bo‘lmag‘ur sheriksan) va hokazo.
Jinsiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarning roziligisiz shahvoniy
xususiyatga ega harakatlarni sodir etish, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki
zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan
shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs
bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash. Uning turlari: a) erkakning ayoli
bilan faqat jinsiy ob’yekt singari muomala qilishi; b) jinsiy aloqadan bosh tortish yoxud ayolga muloyimlik qilmaslik; v) jinsiy aloqa qilishda majburiy xatti-harakatlar qildirish; g) jinsiy aloqani o‘ta shafqatsizlik bilan amalga
oshirish; d) zo‘rlash yo‘li bilan jinsiy aloqa qilishga kirishish; ye) avval
kaltaklab, keyin jinsiy aloqa qilish; j) pornografik ko‘rinishdagi buzuq
xatti-harakatlarni ko‘rishga yoki takrorlashga majburlash; z) doimiy ravishda hammaga rashk qilish va kimlar bilandir zinokorlikda ayblash va hokazo.
Iqtisodiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarning normal yashash va kamol
topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan
ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat
(harakatsizlik). Uning turlari; a) birlamchi ehtiyojlari (oziq-ovqat, kiyimkechak, dori) uchun asossiz pul bermaslik; b) uy-joydan foydalanish huquqini cheklash; v) ta’lim olish va mehnat qilishga ruxsat bermaslik; g) qancha pul
sarflashini nazorat qilish; d) o‘zi topgan pulni tasarruf etishga yo‘l
qo‘ymaslik; ye) oila byudjetidan foydalanish huquqidan mahrum qilish va h.k. harakat (harakatsizlik)da namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda hududlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning
sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar
samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish
bo‘yicha sa’y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir
etilayotgan zo‘ravonlikning kamayishiga olib kelishi aniq.
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov