Янгиликлар
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kimlarga qo‘llaniladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kimlarga qo‘llaniladi.
Jinoyat kodeksining 51-moddasiga ko‘ra, umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali jamiyatdan muddasiz ajratib qo‘yishdan iboratdir.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishi mumkin emas
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov