Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolatlar:


Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolatlar:
 Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
 Shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
 Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlnuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
 Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
 Shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
 Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
 Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
 Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
 Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

 

O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov