Янгиликлар
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish tartibi
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish tartibi
Fuqaro murojaati: Hamidov Oybek: jarima maydonchasidan sud bo‘lmasdan oldin mashinamni olishim mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 149-son qaroriga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risida” NIZOMning 10- va 11-bandlariga ko‘ra, Transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgandan keyin transport vositasini to‘xtash joyidan olib chiqishga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali ruxsat beriladi.
Transport vositasini to‘xtash joyidan olib chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xabar tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositasi haydovchisiga axborot tizimlari orqali elektron yoki mobil telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida, shuningdek, transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsga “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali yuboriladi.
- Transport vositasi haydovchiga (egasiga, egasining vakiliga) transport vositalarini olib kelish va saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘langandan keyin tegishli vakolatli davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali berilgan ruxsatnoma asosida beriladi.
Transport vositalarini to‘xtash joylaridan berish kunu-tun amalga oshiriladi.
Ya’ni ushbu qoidalarga ko‘ra, mashinani olib chiqish uchun ruxsatnoma mansabdor shaxs tomonidan huquqbuzarlik oqibatlari bartaraf etilga so‘ng berilishi belgilangan. Va bu ruxsatnoma bilan mashina jarima maydonchasidan olib chiqilishi mumkin.
Bu yerda agar sizning avtomashinada qilgan huquqbuzarligingiz suddan oldin bartaraf qilishning imkoni bo‘lsa, masalan avtomobilingizga noqonuniy tanirovka o‘rnatgansiz siz uni sudgacha o‘sha kunning o‘zida bartaraf qildingiz bunday holatda qoidabuzarlik bartaraf qilingan hisoblanadi va sizning avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kirish noqonuniy hisoblanadi
O`rta Chirchiq tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov