Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Meros tarkibi qanday huquq va majburiyatlar kiradi?


 

Meros tarkibi qanday huquq va majburiyatlar kiradi?

Fuqarolik kodeksining 1113-moddasi asoslariga ko’ra meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo’lgan uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi.
Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar (hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi, aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar, mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi, mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar, tashkilotda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa) meros tarkibiga kirmaydi.

Olmaliq shahar yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti N.Maxamatov