Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Ma’naviy zararni qoplashning qanday usullari mavjud?


Ma’naviy zararni qoplashning qanday usullari mavjud?

Fuqaroli kodeksining 1022-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim. Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi. Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.

Olmaliq shahar yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti N.Maxamatov