Янгиликлар
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori qancha?
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori qancha?
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadi. Mazkur mablag‘larni olish uchun murojaatchining har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan — 648 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda arizachining mehnatga layoqatli oila a’zolari ish bilan band yoki mehnat organlariga murojaat qilgan bo‘lishlari kerak.
Shu bilan birga, talabgordan bittadan ko‘p ko‘chmas mulki, noturar ko‘chmas mulki, yangi avtomashinasi, bankda katta miqdordagi depozitlari va qimmatli qog‘ozlari bo‘lmasligi inobatga olinadi.
Hozirda bolalar nafaqasi miqdori:
- oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun - 325 000 so‘m;
- eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa - 250 000 so‘m;
- ikkinchi farzandga ikki holatda ham - 150 000 so‘m;
- keyingi farzandlarning har biri uchun - 100 000 so‘mdan qo‘shiladi.
Moddiy yordam miqdori esa oyiga 380 000 so‘m bo‘lib, 6 oy davomida to‘lanadi.
Olmaliq shahar yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti N.Maxamatov