Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida"gi Qonun (O’RQ-1002-son, 15.11.2024 y.) imzolandi


"O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida"gi Qonun (O’RQ-1002-son, 15.11.2024 y.) imzolandi

 

Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) faoliyatini tartibga soladi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo’lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari to’g’risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Ombudsman faoliyati quyidagi asosiy prinsiplardan iborat:

qonuniylik;

mustaqillik;

adolatlilik;

insonparvarlik;

kamsitishga yo’l qo’ymaslik;

xolislik;

ochiqlik.

Saylanish kuni 30 yoshga to’lgan, kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Ombudsman lavozimiga saylanishi mumkin.

Qonun bilan Ombudsman O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va ayni bir shaxs Ombudsman lavozimiga surunkasiga ikki muddatdan ortiq saylanishi mumkin emasligi belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      I.Roziqov