Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig'idan ozod qilinadi


Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig'idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1001-son, 15.11.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha kiritildi.

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi;

uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to'lashga yo'naltiriladigan mablag'lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

tutzorlar bilan band bo'lgan yer uchastkalari uchun yer solig'i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisient qo'llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      S. Marifov