Янгиликлар
Zo'ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo'lga qo'yilmoqda
Zo'ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo'lga qo'yilmoqda
“Bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–996-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi
Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo'ravonlikning shakllaridir:
jismoniy zo'ravonlik;
jinsiy zo'ravonlik;
ruhiy zo'ravonlik;
g'amxo'rlik ko'rsatmaslik;
ekspluatasiya qilish;
ta'qib etish (bulling).
Bolalarga nisbatan zo'ravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan ta'qib qilinadi.
Davlat bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma'muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko'radi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov