Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Zo'ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo'lga qo'yilmoqda


Zo'ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo'lga qo'yilmoqda

 

“Bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–996-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Qonunga muvofiq:

zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;

bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo'yicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zo'ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yo'lga qo'yilmoqda.

Shunga ko'ra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik yordam ko'rsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari to'g'risida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zo'ravonlik hollarining oldi olinishini ta'minlash maqsadida O'zbekistonning butun hududida tunu kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini ta'minlaydi.

Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo'l qo'yilmaydi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov