Янгиликлар
Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi
Ayrim tadbirkorlarga to'langan solig'ining bir qismi qaytarib beriladi
Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to'langan qo'shilgan qiymat solig'ining bir qismini qaytarish tartibi to'g'risidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi
Vaqtinchalik Nizomga ko'ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo'yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
60 foiz va undan yuqori bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo'lganda — byudjetga to'langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so'ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov