Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O'q otish sport turlari bo'yicha sport musobaqalari tizimli tashkil etib boriladi


O'q otish sport turlari bo'yicha sport musobaqalari tizimli tashkil etib boriladi

 

“O'q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-381-son, 04.11.2024) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2025-yildan boshlab har yili:

harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida o'q otish sport turlari bo'yicha “Mergan” kubogi;

o'q otish sport turlari bo'yicha belgilangan yosh toifalari o'rtasida O'zbekiston chempionatlari o'tkaziladi.

Tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich o'q otish sport turlari bo'yicha sport guruhlari tashkil etiladi.

2025/2026-o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalarida:

chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'quv dasturlari doirasida “O'qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg'ulotlari kiritiladi;

amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning o'quv-moddiy bazasidan foydalaniladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov