Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ayrim shaxslarga temir yo'l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi


Ayrim shaxslarga temir yo'l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

 

Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024 y.) bilan O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga temir yo'l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi

Unga ko'ra, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar tanloviga ko'ra temir yo'l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.

Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo'l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov