Янгиликлар
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig’imlardan ozod qilinadi
Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig’imlardan ozod qilinadi
“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-403-son, 22.11.2024) qabul qilindi.
Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari:
barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig’imlardan ozod qilinadi;
unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o’qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va ijtimoiy soliq to’lamaydi.
Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to’lovlari to’lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlar bundan mustasno):
zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o’quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov