Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi


Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi

 

“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o’rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo’lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o’tkazilmaydi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov