Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi


Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi

 

“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

2025 yil 1 yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;

majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;

xodimlar sonini yashirish.

2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassasiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.

Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o’tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro’yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo’lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so’ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov