Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi


Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi

 

Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024 y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to’lash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to’lash tartibi belgilandi.

Nizomga ko’ra, davlat hisobidan ko’rsatiladigan yuridik yordam - Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to’liq yoki qisman ko’rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam hisoblanadi.

Quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi:

kam ta’minlangan shaxslar (fuqarolik ishlari bo’yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo’yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo’yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo’lsa);

ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga psixiatriya yordami ko’rsatilayotganda;

o’z huquqlari buzilgan, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

jinoyat ishi bo’yicha advokat ishtirok etishi shart bo’lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov