Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi


Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatiladi

 

Hukumat Qarori (774-son, 21.11.2024 y.) bilan Davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to’lash tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko’rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to’lash tartibi belgilandi.

Nizomga ko’ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan kam ta’minlangan shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ushbu shaxslar tomonidan ma’muriy qamoq jazosi nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda ko’rsatiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida adliya bo’limiga og’zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi:

elektron shakldagi murojaatlar YAgona identifikasiya tizimidan (OneID) ro’yxatdan o’tgan holda, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali yuboriladi.

og’zaki va yozma murojaatlar tegishli adliya bo’limi tomonidan murojaat kelib tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay tizimga kiritiladi.

Advokatga belgilangan miqdorlarda haq to’lanishi bilan birga xizmat safari va transport xarajatlari advokat shartnoma tuzgan joydan 50 km masofadan uzoq bo’lgan hududda yuridik yordam ko’rsatilgan hollarda qoplanadi..

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov