Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O’zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi


“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O’zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi

 

Prezident Qarori (PQ-397-son, 20.11.2024 y.) bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to’g’risida Nizom tasdiqlandi

Nizom bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

Vatandosh" guvohnomasi - xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag’batlantirish shakli bo’lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do’stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo’shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo’yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko’rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov