Янгиликлар
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi
“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi
Prezident Qarori (PQ-397-son, 20.11.2024 y.) bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi
"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;
Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:
O'zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida ko'chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko'chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug'ullanish;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.
Karta egalarining oila a'zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
amaldagi viza muddatini uzaytirishda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko'p martalik viza olish;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov