Янгиликлар
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1003-son, 21.11.2024 y.) bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Qonun bilan ayrim kodekslarga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni to'plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko'zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo'q qilish tartibini belgilovchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qonunchilikda raqamli dalillarni guvohlantirish va ularni tekshirish tartibi nazarda tutilmoqda.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov