Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo’lga qo’yiladi


Homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo’lga qo’yiladi

 

“Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident Farmoni (PF-185-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi

2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo’lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo’lga qo’yiladi.

“Onalar maskani”da:

onalar va ularning bolalari (4 yoshga to’lmagan) 1 yilgacha bo’lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;

ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko’rsatiladi, onalik va kasbiy ko’nikmalar shakllantiriladi;

onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko’maklashadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      I.Roziqov