Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlaganlarga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi


“Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlaganlarga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

 

“O’quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-393-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

Unga ko`ra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o’rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo’lga qo’yiladi.

“Jasorat maktablari”da:

matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o’qitiladi;

o’qish uchun o’quvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

robototexnika, kelajak o’yinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport o’yinlari kabi to’garak mashg’ulotlari o’tkaziladi;

o’quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg’ulotlar olib boriladi.

2026/2027 o’quv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo’lgan bir nafar o’quvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Ta’lim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Turon” maktab teatri tanlovi o’tkazib boriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      I.Roziqov