Янгиликлар
"Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi
"Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi
Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qonunga ko'ra, Shaxs psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o'z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.
Psixologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Shaxsning psixologik yordam ko'rsatilishini so'rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar va psixologik yordam ko'rsatish chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.
Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov