Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi


Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-990-son, 05.11.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunga ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo'shimchalar kiritilmoqda.

Unga ko'ra, ma'rifiy faoliyat shaxsning shaxsiy, intellektual va ma'naviy jihatdan kamol topishi, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy faoliyatini namoyon etish, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qilish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan, davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanadi.

Ma'rifiy faoliyat vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahallalar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda ma'rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish bo'yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov