Янгиликлар
“Yer qa'ri to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-987-son, 31.10.2024 y.) qabul qilindi
“Yer qa'ri to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-987-son, 31.10.2024 y.) qabul qilindi
Qonun yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qa'ridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Yer qa'ri va yer qa'rida tabiiy yo'l bilan joylashgan barcha foydali qazilmalar O'zbekistonning davlat mulki bo'lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu mulk huquqi har qanday shaxsning yerga va suvga bo'lgan biror-bir huquqiga yoki mulkchiligiga qaramay qo'llaniladi.
Davlat yer qa'rini Qonunda nazarda tutilgan asoslar, shartlar va chegaralarda foydalanishga beradi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov