Янгиликлар
Universitetda antiplagiat mexanizmi joriy etiladi
Universitetda antiplagiat mexanizmi joriy etiladi
“Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-378-son, 31.10.2024) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi.
Hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega bo'lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimini yaratish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 o'quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov