Янгиликлар
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-984-son, 28.10.2024 y.) bilan ayrim kodekslarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
Qonunga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov