Янгиликлар
Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi
Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi
"Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (691-son, 21.10.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi:
yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lab berish;
ipoteka kreditlari va ular bo'yicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov