Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi


Subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi

 

"Mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (691-son, 21.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'rakambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq to'lovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi;

yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo'yicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar "subsidyplatform.mf.uz" to'lov platformasi orqali ajratiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov