Янгиликлар
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi
“Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-367-son, 17.10.2024 y) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-noyabrdan:
xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari haqidagi barcha ma'lumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq e'lon qilib boriladi;
Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga o'zining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda e'lon qilingan ish o'rinlari bo'yicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
vaqtincha mehnat faoliyatiga chiqib ketayotgan fuqarolarga Migratsiya jamg'armasi hisobidan 10 million so'mgacha ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;
fuqarolarning xorijda ishga joylashishi va “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha bepul konsalting xizmatlari ko'rsatiladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov