Янгиликлар
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi
“Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-367-son, 17.10.2024 y) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-dekabrdan:
Agentlik tomonidan ta'lim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi bo'lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o'qitish bo'yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi;
xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablag'lar miqdori BHMning 8500 baravaridan 4000 baravarigacha tushiriladi.
2026-yil 1-yanvargacha Agentlikning fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash, xorijga ishga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog'liq funksiyalari bosqichma-bosqich xususiy bandlik agentliklariga o'tkaziladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov