Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Migratsiya agentligi tashkil etildi


Migratsiya agentligi tashkil etildi

 

“Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-162-son, 17.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi Agentlikka o'tkazilib uning negizida Migratsiya jamg'armasi tashkil etiladi.

Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo'nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov