Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi


Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-979-son, 21.10.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish kiritildi.

Qonunga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma'lumotlarining yagona ro'yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o'zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag'ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro'yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritilmoqda.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov