Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi


Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi

 

“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan o'rta bo'g'in kadrlariga bo'lgan talab “Kasbiy ta'lim” platformasi orqali shakllantiriladi.

2025/2026-o'quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta'lim dasturlari joriy qilinadi.

Xalqaro ta'lim dasturlari asosida ta'lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o'quvchilarga xalqaro ta'lim dasturlari bo'yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta'lim to'g'risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o'rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.

Kasbiy ta'lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo'yicha mas'ul organ etib Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov