Янгиликлар
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari texnikumlarga biriktiriladi
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari texnikumlarga biriktiriladi
“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta'lim tashkilotlari ro'yxati tasdiqlandi.
2025-yil 1-sentabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.
2025/2026-o'quv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:
fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha o'zgartirishga;
yetakchi xorijiy ta'lim tashkilotlari ishtirokida to'lov-kontrakt asosidagi qo'shma ta'lim dasturlarini joriy qilishga;
kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishga;
fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil qilishga;
kasbiy ko'nikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov