Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi


Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-977-son, 18.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Mazkur qonunga ko`ra, o'zgalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan 80 yoshga to'lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi, shuningdek o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalarga, yolg'iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo'lgan shaxslarga shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, umrbod ta'minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to'g'risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma'lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov