Янгиликлар
Mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish huquqi
Mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish huquqi
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq to‘lab olingan bo‘lsa, oluvchi buni bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan (insofli egallovchi) bo‘lsa, mol-mulk mulkdor tomonidan yoki egalik qilish uchun mulkdor bergan shaxs tomonidan yo‘qotib qo‘yilgan yoxud mulkdordan yoki u mol-mulkini bergan shaxsdan o‘g‘irlangan yo bo‘lmasa, ularning ixtiyoridan tashqari boshqacha yo‘l bilan ularning egaligidan chiqib ketgan bo‘lsa, mulkdor bu mol-mulkni olgan shaxsdan talab qilib olishga haqli.
Agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotilgan bo‘lsa, ushbu asoslar bo‘yicha talab qilib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsdan haq to‘lamasdan olingan bo‘lsa, mulkdor mol-mulkni barcha hollarda ham talab qilib olishga haqli.
Pul insofli egallovchidan talab qilib olinishi mumkin emas.
Ohangaron shahar adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti O.Raxmonov