Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi


Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-976-son, 17.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Unga ko`ra, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimida ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi talab mustahkamlanmoqda.

Bunda ushbu tizimda ro'yxatdan o'tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritilmoqda.

Kengashlarga saylanadigan rais boshchilik qilishiga oid o'zgartirishlar viloyatlardagi, Toshkent shahridagi kengashlarga nisbatan - navbatdagi saylovi yakunlari bo'yicha, tuman, shahar davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan – 2026-yil 1-yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov