Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida” Prezident qarori (PQ-362-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi


“Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida” Prezident qarori (PQ-362-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, quyidagi bayonnoma, konvensiyasi va bitimlarga qo'shilindi:

Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qo'shimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr);

Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qo'shimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

Pochta to'lov xizmatlari to'g'risidagi bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

Pochta to'lov xizmatlari to'g'risidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust).

Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov