Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi


Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi

 

“Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi:

Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo'yicha erishish lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar, shu jumladan:

sun'iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sun'iy intellekt asosida ko'rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sun'iy intellekt yo'nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O'zbekistonni birinchi 50 ta o'rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

2025-yil 1-sentabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko'rgan holda “katta ma'lumotlar” bazasi yaratiladi.

2026-yil 1-maygacha sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov