Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi


Ayrim IT-park rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi

 

“Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-157-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvargacha quyidagi mezonlardan biriga to'g'ri keladigan IT-park rezidentlari uchun Prezident Farmonida belgilangan soliq va bojxona imtiyozlari uzaytiriladi (QQS bundan mustasno):

kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari bo'yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar;

kalendar yil davomida 18 yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizdan ortiq qismi IT-park rezidenti bo'lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar.

2025-yil 1-apreldan OTMlarning axborot texnologiyalari sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo'lgan xorijlik professor-o'qituvchilariga ham “IT-visa” beriladi.

2028-yil 1-yanvargacha Raqamli texnologiyalar sohasida o'zini o'zi band qilgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                      R.Xursanov