Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Majoritar saylov tizimi tushunchasi


 

Majoritar saylov tizimi tushunchasi

 

Majoritar so’zi fransuzcha so’z bo’lib, . majorite — ko‘pchilik so‘zidan olingan.

Majoritar saylov tizimi deganda vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniqlash tushuniladi. Unda qonun bilan belgilangan koʻp ovozni olgan nomzod (yoki nomzodlar roʻyxati) muayyan okrug boʻyicha saylangan hisoblanadi. Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqida nisbatan mutlaq va malakali koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar saylov tizimlari qoʻllanadi.

Mutlaq koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan va haqiqiy deb topilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq (yoki oddiy) koʻp ovoz

(yaʼni 50% +1 ta ovoz) olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar nomzodlardan birontasi ham yetarlicha ovoz olmasa, qayta ovoz berish oʻtkaziladi, bunda nomzodlar roʻyxatida nisbatan koʻp ovoz olgan 2 ta nomzod qoldiriladi. . Nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim eng sodda tizim boʻlib, bunda nomzodlar orasidan o'z raqiblarining har biriga nisbatan koʻp ovoz olgani saylangan hisoblanadi. Bu tizimda koʻpincha saylovchilarning qo'llab quvvatlashiga ega boʻlmagan partiya parlamentda koʻp o'ringa ega bo'lishi mumkin. AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa bir qancha davlatlarda majoritar tizimning ana shunday shakli qoʻllanadi. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat saylanadi.

Ohangaron shahar adliya bo‘limi YuXKM boshlig‘i                 B.O’smonov