Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

FHDYo DАN NIKOHNI BEKOR QILISh ROʼYXАTDАN OʼTKАZILMАSА, NIKOH BEKOR QILINMАGАN HISOBLАNАDI.


FHDYo DАN NIKOHNI BEKOR QILISh ROʼYXАTDАN OʼTKАZILMАSА, NIKOH BEKOR QILINMАGАN HISOBLАNАDI.

 

Oila kodeksining 47-moddasida Nikohdan ajratilganda nikohning tugatilish vaqti qoidasi berilgan boʼlib, unga koʼra, Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik roʼyxatga olingan kundan boshlab tugatilishi belgilangan.

Yaʼni bundan kelib chiqadiki, sud ajrim toʼgʼrisida qaror qabul qilib, u kuchga kirgani bilan, FHDYo da roʼyxatdan oʼtmaguncha nikoh tugatimaydi.

Shuningdek, FHDYo yoʼrinomasida ham FHDY organi sud qarori asosida er-xotinlardan birining arizasiga binoan nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va nikohdan ajratish toʼgʼrisidagi guvohnomani berishi taʼkidlangan.

Demak, sizning singlingiz va uning turmush oʼrtogʼi FHDYoga borib ushbu shaklda nikohdan ajratilganlikni qayd qildirib guvohnoma olmagan boʼlsa, nikoh tugatilmagan hisoblanadi.

Shunday boʼlsa ham, shaxslar FHDYo organi bazasidan oʼzlarining nikohi haqidagi maʼlumotlarni soʼrab olishlari va ishonch hosil qilishlari tavsiya etiladi.

 

Ohangaron Shahar Аdliya boʼlimi

yuridik xizmat koʼrsatish markazi

bosh yurist konsulti                                                                           B.Hamroyev