Янгиликлар
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasida Ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish belgilangan bo’lib ushbu moddaning 1-qismida Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so‘m) daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etilishi belgilangan.
Ushbu moddaning 5-bandiga to’xtaladigan bo’lsak ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida berilishi belgilangan.
Yuqoridagi moddaning 6-bandida esa ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma'lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalarning mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so‘m) daromadlari soliq solishdan ozod etiladi.
Ohangaron shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti: Hamroyev B.J.