Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Ayrim turoperatorlarga intiyozli kredit beriladi


Ayrim turoperatorlarga intiyozli kredit beriladi

Qonunchilikka koʼra, kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi rezident boʼlgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablagʼ bilan taʼminlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi tomonidan respublika tijorat banklari orqali milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada kredit liniyasi ochiladi.

Bunda: belgilangan yillik foiz stavkasi tarkibida bank marjasi 3 foizdan oshmagan miqdorda oʼrnatiladi;

kredit mablagʼlari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi tomonidan tijorat banklariga resurslar 3 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga ajratiladi.

 

Ohangaron shahar adliya

bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti                                                B.Hamroyev