Янгиликлар
Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi
Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi
“Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-357-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi.
Dasturda quyidagi rezident yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin:
quyidagi talablarga mos keluvchi startap loyihalar:
faoliyat davomiyligi – 6 oydan 7 yilgacha;
kalendar yilida jami daromadi – 10 milliard so'mdan oshmagan;
inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatga ega;
raqamli texnologiyalarga asoslangan, yuqori o'sish va xorijiy bozorlarga chiqish salohiyati bo'lgan biznes modelga ega;
startap loyihalar ekotizimi platformasida ro'yxatdan o'tgan;
startap ekotizimi ishtirokchilari – venchur jamg'armalar va xususiy investorlar hamda startap loyihalar uchun akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini tashkillashtirish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlar.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.Xursanov